Worldcoin — World ID deb nomlanuvchi noyob biometrik tizim orqali global tarqatish va identifikatsiyani tasdiqlashni ta'minlashga qaratilgan kriptovalyuta loyihasi. WLD Ethereum tarmog‘idagi ERC-20 token bo‘lsa-da, tranzaksiyalarning aksariyati Optimism Layer 2 tarmog‘ida amalga oshiriladi, bu esa ularni tezroq va arzonroq qiladi. Sam Altman, Alex Blania va Max Novendstern tomonidan asos solingan Worldcoin rasman 2023-yil iyul oyida ishga tushirildi. Loyiha ikkita asosiy muammoni hal qilishni maqsad qiladi:
- Proof of personhood: World ID foydalanuvchi maxfiyligini saqlagan holda, onlayn muhitda odamlarni sun'iy intellektdan farqlashga yordam beradi.
- Raqamli aktivlarga kirish: tasdiqlangan foydalanuvchilarga WLD tarqatish orqali loyiha kriptovalyutadan foydalanishni kengaytirishni maqsad qiladi.
Worldcoin tizimining asosiy komponenti — World ID berish uchun foydalanuvchilarning ko'z kamalak pardasini skanerlaydigan biometrik qurilma bo'lgan Orb hisoblanadi. Identifikatsiyasini tasdiqlagan foydalanuvchilar muntazam WLD tarqatmalarini qabul qilishlari mumkin. WLDning umumiy taklifi rejalashtirilgan 15 yillik tarqatish muddati davomida 10 milliard bilan cheklangan. World App World ID uchun hamyon vazifasini bajaradi va Bitcoin, Ethereum hamda USDC kabi turli kriptovalyutalarni qo'llab-quvvatlaydi.
Worldcoinning ulkan maqsadi — markazlashmagan va inklyuziv raqamli iqtisodiyot yaratish bo'lib, u butun dunyo bo'ylab odamlarga xavfsiz va maxfiylikka yo'naltirilgan tarzda o'z inson identifikatsiyasini tasdiqlagan holda kriptovalyutalardan foydalanish va ular bilan o'zaro aloqada bo'lish imkonini beradi.